Перейти к содержанию

Qanday qilib fuqarolikni saqlab qolgan holda armiya safiga qo‘shilmaslik mumkin

2024-yil 8-avgust kuni, dastlabki harbiy ro‘yxatga olish bo‘yicha majburiyatni bajarmaganligi uchun, ega bo‘lingan fuqarolikdan mahrum qilishga imkon beruvchi qonun kuchga kirdi. Ichki Ishlar Vazirligi fuqarolikka qabul qilinishi haqida qaror bo‘lgan va qasamyod marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan erkaklar haqida ma’lumot taqdim etishi shart qilib belgilandi. Fuqarolikka ega bo‘lgan paytdan boshlab 2 hafta ichida harbiy hisobga turish kerak.

Qonundagi o‘zgarishlar doirasidagi savollarga javoblarni jamladik.

Fuqarolikdan mahrum qilishadimi?

2024-yil avgustidan 2025-yil yanvar o‘rtalarigacha ro‘yxatga turmagani uchun 64 kishi fuqarolikdan mahrum qilingani haqidagi ma’lumotlarni topdik: har bir hududda 1–3 kishidan. Fuqarolikdan mahrum qilish haqida IIV mahalliy tuzilmalari matbuot xizmatlari xabar beradi, bu jarayon ko‘pincha videoga olinadi — va bu ko‘rgazmali lavhaga o‘xshaydi. Migratsiya tajribasiga ega odamlar ko‘pincha reydlarga tushib qolishadi, bu reydlar davomida ularni shartnoma tuzishga undashadi.

2026-yildagi ishonch telefoniga kelgan xabarlarga ko‘ra, agar kishi ro‘yxatga turish uchun o‘z xohishi bilan kelgan bo‘lsa, hatto kechikib kelgan bo‘lsa ham, qoida tariqasida, uni ro‘yxatga qo‘yishadi va fuqarolikdan mahrum qilishga urinishmaydi. Ba’zan o‘z vaqtida kelmaganingiz sababini ko‘rsatib, tushuntirish xati yozishni so‘rashadi. Masalan, chet elda yashaganingizni, bildirishnoma olmaganingizni yoki ro‘yxatga turish muddatlarini bilmaganingizni ko‘rsatishingiz mumkin.

Agar men ro‘yxatga tursam, armiyaga olinamanmi

Haqiqatdan ham armiyani to‘ldirish uchun harbiy hisob kerak. Tug‘ilganida fuqarolikka ega bo‘lgan erkaklarni 16-17 yoshda hisobga qo‘yishadi va qayd etish guvohnomasini berishadi. Bu guvohnomasiz oliy o‘quv yurtiga, kollejga kirolmaysiz va ko‘pincha ishga joylasha olmaysiz. 18 yoshdan 30 yoshgacha erkaklar muddatli xizmatga chaqiriladi, zaxiraga o‘tkazilgandan keyin va 53 yoshgacha (2027-yildan — 54 yoshgacha, 2028-yildan — 55 yoshgacha) harbiy yig‘inlarga chaqirilishlari va mobilizatsiya qilinishlari mumkin.

Shu bilan birga hisobda turgan hamma ham armiyada xizmat qilmaydi. Sog‘liq sababli ozod bo‘lish, o‘qish, oilaviy vaziyatlar yoki ish joyi tufayli harbiy xizmatni kechiktirish imkoniyatini olish yoki vijdon e’tiqodi asosida harbiy xizmatni muqobil fuqarolik xizmati (bundan keyin- MX Muqobil Xizmatlar) bilan almashtirish mumkin.

Shartnoma tuzmaslik mumkinmi?

Urush olib borish maqsadida odamlar ommaviy ravishda shartnomaviy xizmatga yo‘llanmoqda.

Esda tutish kerakki,shartnoma tuzish faqat ixtiyoriy ravishda bo‘lishi lozim.Siz hech qanday oqibatlarsiz buni rad etishingiz mumkin, fuqarolikdan mahrum qilish haqidagi tahdidlar esa — yolg‘on.

Sizga qanday muddat taklif qilishmasin, barcha shartnomalar urush tugaguniga qadar amal qiladi. Ishdan faqat mayib bo‘lganingizda, qamoqqa tushganingizda yoki 65 yoshga to‘lganingizdan so‘nggina ketishingiz mumkin.

Agar siz hali fuqarolikka ega bo‘lmagan bo‘lsangiz va faqat hujjat topshirayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘ling — 2025-yil noyabr oyidan boshlab shartnoma imzolash ko‘plab holatlarda (lekin hammasida emas) Rossiya Federatsiyasi pasportini olish uchun majburiy shartga aylandi.

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar nimani e’tiborga olishlari kerak

Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv yil davomida bo‘lib o‘tadi, xizmat joyiga jo‘natish esa — 1-oktyabrdan 31-dekabrgacha va 1-apreldan 15-iyulgacha amalga oshiriladi. Chaqiruv davrida majburiy ushlash xavfi mavjud. Bunday holatda, sizni zo‘rlik bilan ro‘yxatga olib, "bir kunga" armiyaga jo‘natishga urinishlari mumkin. Bu o‘zboshimchalik hisoblanadi, biroq bunga tayyor turish lozim.

Istalgan vaqtda, ammo xavfsizroq vaqt — xizmat joyiga jo‘natishlar orasida, hisobga turish va darhol harbiy xizmatdan ozod qilish yoki uni kechiktirish uchun asoslar hamda xizmatga mos kelmaydigan e’tiqodlar va uni muqobil xizmatga almashtirish talabi to‘g‘risida ma’lum qilish mumkin.

Muqobil xizmat — harbiy xizmat o‘rniga, masalan kasalxonada bajarilishi mumkin bo‘lgan, ish haqi, dam olish va ta’tillar bilan ta’minlangan mehnat shartnomasi bo‘yicha ish. Xizmat 21 oy davom etadi, lekin siz u yerga uydan chiqib ketasiz va har kuni uyga qaytib kelasiz. Sizga muqobil xizmatni darhol ma’qullashmagan taqdirda ham, siz chaqiruv tadbirlaridan himoyalanishingiz mumkin.

Materiallar:

30 yoshdan kattalar nimani e’tiborga olishlari kerak

Hozirda mobilizatsiya bo‘yicha chaqiruvlar yo‘q. Agar sizga sizni mobilizatsiya qilishmoqchiligini aytishsa, bu – sizni shartnomaga ko‘ndirish uchun ishlatilgan yolg‘on

Mobilizatsiya bo’yicha chaqiruv xohlagan paytda yangilanishi mumkin. Ro‘yxatga olinganingizdan keyin, agar sizni mobilizatsiya qilishmoqchi bo‘lishsa, darhol harbiy xizmatdan ozod qilinish yoki kechiktirish uchun asoslar va harbiy xizmatga qarshi e’tiqodlar haqida ma’lum qilish va uni muqobil xizmatlar bilan almashtirishni talab qilish kerak.

Mobilizatsiya bo‘yicha chaqiruv xohlagan paytda qayta tiklanishi mumkin. Ro‘yxatga turayotganda, agar sizni mobilizatsiya qilishmoqchi bo‘lishsa, darhol yoki ro‘yxatga tushgandan keyin harbiy xizmatdan ozod qilish yoki kechiktirish uchun asoslar hamda harbiy xizmatga qarshi e’tiqodlar haqida ma’lum qilish va uni MX (muqobil xizmat) bilan almashtirishni talab qilish mumkin. Shuningdek, e’tiqodingizga ko‘ra mobilizatsiya ko‘rsatmasini (predpisaniye) yopishtirishdan bosh tortishingiz mumkin.

Materiallar:

Agar siz Tojikistonda harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsangiz

Sizni Rossiya Federatsiyada muddatli xizmatga chaqirishlari mumkin emas, lekin mobilizatsiya qilishlari mumkin.

Men mamlakatdan chiqib keta olamanmi

Qonunga ko‘ra, elektron chaqiriqnoma (povestka) yuborilgandan keyin u bo‘yicha kelguniga qadar chaqiriluvchilar uchun mamlakatdan chiqib ketish cheklanishi mumkin.

Mobilizatsiya bo‘yicha chaqiruv qayta tiklangan taqdirda, mamlakatdan chiqib ketish zaxiradagilar uchun ham cheklanishi mumkin.

Qanday qilib yordam olish mumkin

Bizning ishonch telefonimizga yozing. Bu bepul va anonim tarzda.

Harbiy xizmatdan bosh tortish asoslarini tushunib olishga, hisobga qo‘yishga tayyorlanishga va muqobil xizmatga erishishga yordam beramiz.

Agar noqonuniy chaqiruvga yoki muqobil xizmatga rad javobiga qarshi sudga shikoyat qilish zarur bo‘lsa, advokat topamiz va lozim bo‘lsa, uning xizmati uchun mablag‘ yig‘amiz.